Liliaceae
Kitob hakidaKirishO`simliklarHayvonlarAdabiyotlar

Pseudoclausia 
Liliaceae 
Liliaceae 
Melanthiaceae 
Orchidaceae 
Paeoniaceae 
Dipsacaceae 
Cyperaceae 
Caryophyllaceae 
Caprifoliaceae 
Fumariaceae 
Asteraceae 
Asteraceae 
Home>O`simliklar>Liliaceae

 

Piyozdoshlar oilasi

Liliaceae

 

 

8.

Anzur piyozi

Allium stipitatum Regel

 

Kamyoblik darajasi 3. Pomir-Oloy va G`arbiy Tanshandagi areali qisqarib borayotgan o`simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 60-150 sm orasidagi ko`p yillik piyozli o`simlik. Piyozi sharsimon, diametri 6 sm gacha, o`ziga xos hidli. Poyasi silindr shaklida, ichi g`ovak. Bargi qayishsimon, eni 2-6 sm, ko`pincha qalin tuklar bilan qoplangan. Soyaboni sharsimon, tig`iz. Gulqo`rg`on bo`lakchalari yulduzsimon, och-binafsha rangli, uzunligi 9 mm. May-iyun oyida gullab, iyun-iyulda urug`i pishadi.

Tarqalishi. Janubiy va G`arbiy Pomir-Oloy, Chotqol va Qurama tizmalarining G`arbiy qismida tarqalgan (Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari).

O`sish sharoiti. Mayda zarra tuproqli, toshli, ba'zan mayda shag`alli yerlarda, eski bog`larda, tashlandiq yerlarda o`sadi.

Soni. Yakka-yakka holda, to`p-to`p bo`lib o`sadi.

Ko`payishi. Urug`idan va piyozchalaridan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Piyozidan sanoatda va aholi tomonidan konserva qilish uchun ko`plab yig`ilganligi sababli keskin kamayib bormoqda.

Madaniylashtirilishi. Ko`pgina botanika bog`larida ekiladi. Qashqadaryo viloyatida sanoat miqyosida ko`paytirish uchun 5 ga yerga ekilgan. Kitob tumanining Varganza xo`jaligida esa anzur piyozi 33 ga yerga urug`idan sepilgan.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Zomin va Hisor qo`riqxonalari tomonidan muhofaza qilinadi Tabiiy sharoitda o`sayotgan anzurzorlar nazorat ostiga olinishi, muhofaza qilinishi va cheklangan miqdorda yig`ilishi lozim. Uni sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan maydonlarda ekib o`stirish lozim.

 

 

9.

Aralash piyoz

Allium praemixtum Vved.

 

Kamyoblik darajasi 1. Nurota va G`arbiy Tanshanning janubi-g`arbiy qismida juda kam tarqalgan, endem o`simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 150 sm ga yetadigan ko`p yillik piyozli o`t. Piyozi tuxumsimon, diametri 5 sm gacha, charmsimon,qizil-qo`ng`ir rangli qobiq bilan o`ralgan. Poyasi g`ovak, yarmidan pasti pufaksimon shishgan, asosi barglarning novlari Bilan o`algan ritsilindrsimon, naysimon, to`g`ri uchiga qarab ingichkalasha boradi. To`guli sharsimon, tig`iz. Yulduzsimon gulqo`rg`on bo`lakchalari oq-yashil tomirli. Iyunda gullab, iyul oyida mevasi yetiladi.

Tarqalishi. Nurota tog`i, Oktog`, Mug`ultog` va Qurama tizmasining G`arbiy qsmida tarqalgan (Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari).

O`sish sharoiti. Dengiz sathidan 1100-2000 m balandlikda qoya toshlarning yoriklarida, toshli yonbag`rlarda va ohaktoshli yerlarda o`sadi.

Soni. Asosan 9 ta, bir-biridan uzoq joylashgan yerlarda borligi aniqlangan.

Ko`payishi. Urug`idan va vegetativ yo`l bilan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Mahalliy xalq tomonidan ozuqa sifatida yig`ib olinadi. Tabiiy holda ham uning ko`ayishiga salbiy ta'sir qiluvchi omillar bo`lsa.

Madaniylashtirilishi. Tomorqalarda o`stiriladi.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Nurota qo`riqxonasida muhofaza qilinadi. Tabiiy sharoitda uning biologik xususiyatlarini o`rganilishi kerak.

 

 

10.

Ilonbarg piyoz

Allium ophiophyllum Vved.

 

Kamyoblik darajasi 2. Janubi-G`arbiy Pomir-Oloydagi areali ajralgan kamyob, endem o`simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 15-40 sm oralig`idagi ko` yillik, piyozli o`t. Piyozining diametri 1 sm, tuxumsimon. Qobig`i qalin, jigarrang, pastki va ustki qismi shokilasimon titilgan. Poyasining eni 1-1,5 sm, 3-4ta bir-biriga yaqinlashib joylashgan silindrsimon, naysimon, buralgan barg novlari bilan o`ralgan. Poyasi kam gulli to`pgullarga ega. Qo`ng`iroqsimon gulqo`rg`on bo`yakchalari och-binafsha rangli. Aprel-may oyida gullab, may-iyunda mevasi yetiladi.

Tarqalishi. Zirabuloq va Ziyovuddin tog`larida, Zarafshon tizmasining G`arbiy qismlarida, Hisor tizmasining janubi-G`arbiy tarmoqlarida, Ko`g`itang tizmasida, Xovdaktog`da tarqalgan (Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari).

O`sish sharoiti. Qoldiq tog`larda va past tog`larning etaklarida, ochig` ola jinslarda o`sadi.

Soni. Kichik-kichik to`plari bir-biridan ajralgan holda o`sadi.

Ko`payishi. Urug`idan hamda vegetativ yo`l bilan (tuganakchalar hosil qilib) ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. O`simlikning kamligi u o`sib turgan (ola jinslarda) tabiiy sharoitga, shuningdek chorva mollarining ko`plab boqilishiga bog`liq.

Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma'lumotlar yo`q.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Maxsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan. Xovdaktog`ta nazoratxona tashkil qilish hamda bu o`simlik tarqalgan joylarda muhofaza ishlarini yo`lga qo`yish kerak.

 

 

11.

Suvorov piyozi

Ailium suvorovii Regel

 

Kamyoblik darajasi 3. O`rta Osiyodagi soni kamayib borayotgan endem o`simlik.

Qsqacha tavsifi. Bo`yi 100 sm ga yetadigan ko`p yillik piyozli o`t. Piyozi sharsimon, diametri 3 sm gacha boradigan o`ziga xos hidli. Qobig`i kulrang, charmsimon. Bargi qayishsimon, eni 25 mm. To`pguli yarimsharsimon, yulduzsimon gulqo`rg`on bo`lakchalari pushti-binafsha rangli, keyinroq pastga qarab egiladi va buraladi. Aprel-may oylarida gullab, may-iyunda mevasi yetiladi.

Tarqalishi. G`arbiy Tanshanda va janubi-G`arbiy Pomir-Oloy tog` etaklarida tarqalgan (Toshkent, Farg`ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari). Tojikiston, Turkmaniston va Afg`onistonning shimoliy qismida ham uchraydi.

O`sish sharoiti. Tog` etaklaridagi mayin zarra tuproqli yerlarda, begona o`t sifatida kanal bo`ylarida, ekinzorlar atrofida, bog`larda va qabristonlarda saqlanib qolgan.

Soni. Tabiatda kamayib ketgan. Yakka-yakka holda va to`p-to`p bo`lib tarqalgan. Chorva mollari chiqa olmaydigan, pichan o`rilmaydigan joylarda, vohalarda nisbatan ko`proq saqlangan,

Ko`payishi. Urug`idan va vegetativ yo`l bilan ko`payadi.

O`smlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Sanoat va mahalliy aholi ehtiyoji uchun piyozi qazib olinishi tufayli kamayib bormoqda.

Madaniylashtirilishi. Tomorqalarda va O`zbekiston Respublikasi FA Botanika bog`ida o`stirilmoqda.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. «Uzun» o`rmonchilik xo`jaligi tomonidan muhofaza qilinadi. Sanoat talabini qondirish uchun ekib o`stirish lozim.

© Web-design  Burnashev R.F., 2005